Tuqqan ayolni 40 kun chillada saqlash kerakligi bejiz aytilmagan. Tuqqan ayolning organizmi juda zaif va ta'sirchan bo'lib qoladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq parvarishi birinchi o'rinda bo'lgani bilan, yangi tuqqan ayolga ham maxsus e'tibor talab etiladi. 1. Bola tug'ilishi jarayonida ayolning jinsiy a'zolarida yirtilish yoki kesish ro'y bergan bo'lsa, yaraning batamom bitishiga bir necha hafta talab etiladi. Amaliy yordam: Ko'proq yoting yoki maxsus o'rtasi teshik yostiqda o'tiring. Xojatga borib kuchanayotgan paytingizda yara yoki chok tushgan joyni toza latta bilan bosib ushlab turing, yirilib ketmasligini ta'minlash uchun. Chok yoki yaraga dezinfeksiyalovchi vositani qo'llang. Ichni yumshatish vositalarini shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qiling. Agar og'riq kuchayishi, chok yallig' lanishi , yoqimsiz hid chiqishi , chok va atrofida shish paydo bo 'lishi kuzatilsa, shifokorga uchrash zarur . 2. Qon ajralishi. Tug'ishdan so'ng qindan bir necha hafta ... Читать дальше »
Просмотров: 6597 | Добавил: Seks | Дата: 14.04.2017 | Комментарии (0)

Erkak bepushtligi hozirgi kunda dolzarb masaladir. Ekologik muammolar, betartib jinsiy hayot kechirish, stress, ichkilik bunga sabab bo'lib kelmoqda. Erkak bepushtligini diagnostika qilishda birinchi o'rinda urug' taxlili turadi. Urug' taxlili yoki spermogramma uchun erkakning spermatozoididan taxlil uchun namuna olinadi. Bu namuna orqali: 1. Urug' miqdori; 2. Urug'dagi spermatozoidlar soni; 3. Spermatozoid sifati va shakl; 4. Spermatozoidlarning qimirlash hususiyati o'rganiladi. Odatda erkak bepushtligini sababini bilish uchun yuqoridagi usul yetarli bo'ladi, lekin ba'zida boshqa diagnostika yo'llari ham amalga oshiriladi. Bunga quyidagilar kiradi: Urolog tomonidan amalga oshiriladigan to'liq jismoniy diagnostika; Saboq.Org saytidan olingan. Urug'ning maxsus taxlili. Bunda urug' genetik holati o'rganiladi, urug'dagi antimoddalar borligi tekshiriladi, spermatozoidlarning yashay olish qobiliyati aniqlanadi. Erkakning gromonal holatini aniqlovchi qon tekshi ... Читать дальше »
Просмотров: 3009 | Добавил: HoLeGaNcheK | Дата: 27.01.2017 | Комментарии (0)

Jinsiy aloqaning sifati uning ko'rinishiga yoki turlariga bog'liq deyishadi. Haqiqatda ham shundaymikin? Jinsiy aloqa haqidagi ko'plab kitoblarda uni takomillashtirish yo'llari ko'rsatilgan. Aloqaning turlicha ko'rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig'sa 1000 dan oshib ketadi. U maslahatlarga amal qilgan juftliklarda esa negadur muammo yo'qolmaydi. Bu muammolarga: Ayolning uyalishi; Ayolning lazzatlana olmasligi; Erkakning aloqani tez tugatib qo'yishi; Aloqaga erkak va ayolning befarqligi; Jinsiy ojizlik va boshqalar kirishi mumkin. Juftliklar jismoniy munosabatlarini yaxshilash niyatida har xil yo'llarni izlaydilar. Tajriba kamligidan shubha qilib do'st-dugonalardan maslahat oladilar, ba'zilar kitob va videolarga yuz o'giradilar. Natija bo'ladi, lekin 1 oy o'tgach yana eski holat va eski muammolar. Nega? Chunki erkak va ayol o'z jinsiy munosabatlari bilan bog'liq muammolarni faqat jismoniy muammolarda deb o'ylaydilar. Aslida u ... Читать дальше »
Просмотров: 13428 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

Har bir ayol va erkakning hayotida yuz beradigan birinchi jisniy aloqa aynan chimildiq eshiklari ortida bo'lishini o'zbekchiligimiz, madaniyatimiz, urf- odatimiz va dinimiz taqazo etadi. Aslida chimilqiqqa kirish bahtiga erishganlar bor, erishmaganlar ham bor. Chimildiqdagi birinchi kechani imkon boricha ijobiy tomondan esda qolarlik qilib o'tkazish foydadan xoli bo'lmaydi. Birinchidan, yangalar kutib o'tirgan bo'lishidan qat'iy nazar shoshilmang. Axir bu sizning hayotingiz, sizning turmush o'rtog'ingiz bilan birgalikda qo'yayotgan birinchi qadamlaringizdir. Oldingizda axir butun tun. Shoshib-pishib harakat qilishdan hech kim yutmaydi. To'y yumushlaridan charchagan yangalar mazza qilib uxlab oladi, xolos. Ikkinchidan, chimildiqqa kirishingiz bilan aloqaga kirishmang. Erkak ham, ayol ham bunga ruhan tayyor bo'lishi kerak. O'zbekchilikdagi urf-odatlarga ko'ra ko'pincha bo'lajak er-xotin bir-biri bilan sovchilar yordamida tanishib turmush quradilar, bunda er-xotin bir-birini deyarli tanim ... Читать дальше »
Просмотров: 12978 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

2. Geysha hayot go'zalligini ko'ra biladi.Geyshalarni kichikligidan tarbiya qilish chog'ida ularni hayot go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatadilar Har bir ayol kundalik hayotdagi go'zalliklarni ko'ra bilib, uni eriga ko'rsata bilishi kerak. Mayin tabbassum ila quyosh botishini kuzatish, yomg'ir tomchilarini musiqa eshitgandek lazzatlanib tinglash, erining aytib berayotgan qiziqarli voqealarga haqiqiy qiziqish bilan, hazil va g'aroyibotlarga tabassum qila munosabat qilishi, hayratlana olishi ayolning dunyoni go'zalligini ko'ra olish qobiliyatini ko'rsatadi. 3. Nihoyat jinsiy aloqada yoqimli sherik bo'lish.Albatta har bir ayol avallambor o'z eri uchungina yoqimli bo'ladi. Demak, eridan unga nima yoqishi va yoqmasligi haqida so'rab, birga bo'lganda uning didi va xohishiga yarasha o'zini tutmog'i lozim. Geyshalarning ajratuvchi bir tomoni - bu jinsiy a'zolariga kirish yo'li mushaklarining yaxshi rivojlanganidadir. Bu mushaklar odatda ayol tuqqanidan so'ng ancha bo'shashib qoladi. Shuning ... Читать дальше »
Просмотров: 4082 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

Erkak va ayolning jinsiy aloqaga bo'lgan munosabatining farqi shundaki, erkak kishi aloqa yakunida lazzatlanishi shart. Aks holda, qoniqmaslik unga jismoniy noqulayliklar keltiradi. Shuning uchun er-xotin orasida aloqa sifati uchun erkak ma'sul bo'lsa, erkakning qoniqishi uchun ayollar ma'suldirlar.Ayollar turmushga chiqib albatta eriga doim jozibador va yoqimli bo'lishni xohlaydilar Bola-chaqa, uy-ro'zg'or o'z yo'liga, lekin er-xotin orasidagi yaqin (intim) munosabatlar oilaviy baxt uchun kerakli manba'dir. Qadimdan Yaponiyada geysha sirlari barchani qiziqtirib kelgan. Nega geyshalar erkakni shunchalik baxtli qila oladilar? Nega erkak o'zini geysha oldida haqiqiy va kuchli his eta oladi? Bu savollarga javob hozir oldin sigari sir emas. Demak geysha sirlari: 1. Geysha erkakni nafaqatjinsiy aloqadavomida, balki oddiy suhbat davomida ham baxtiyor eta olishi kerak.Buning uchun ayol kishi o'qimishli, erkak psixologiyasidan va o'z erining fe'li va qiziqishlaridan xabardor bo'lishi, hayotga ... Читать дальше »
Просмотров: 3225 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

Ayollar orgazmining fiziologik jihatlari haqida emas, balki psixologik tomoni haqida gaplashmoqchimiz.Demak,1. Ayol bilan erkak orgazmida farq bormi?Ayol orgazmi erkak orgazmidan tubdan farq qiladi. Agar erkak uchun orgazm bo'lishi jinsiy aloqaning tugashini ko'rsatsa, ayollar bir aloqa davomida bir necha marta orgazm his qilish imkoniyatiga ega.2. Ayol jinsiy aloqadan qachon qoniqadi?Ayollar orgazmining fiziologik va psixologik tomonlari bor. Fiziologik orgazmda ayol jismonan lazzatlanadi. Lekin aloqadan qoniqishi uchun bu yetarli emas. Ayollarga jinsiy aloqada psixologik lazzatlanish ham bo'lishi kerak. Bunda ayol erkak bilan birga ekanligidan, uni sevib sevilganidan va aloqa davomidagi mehrdan qoniqadi. Agar jinsiy aloqa natijasida ayolga faqat jismoniy lazzatlanish berib, psixologik tomondan qoniqtirmasa, u holda jinsiy aloqa qoniqtirmagan bo'lishi mumkin. Yoki aloqa davomida ayolga jismoniy orgazm keltirilmay uni faqat psixologik tomondan qondirsa, u holda ayol jinsiy aloqadan qon ... Читать дальше »
Просмотров: 4167 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

“Yoshi 30 dan oshgan ayolga jinsiy hayot to’g’risida gapirishning nima keragi bor?”, deb oylashingiz mumkin. Lekin uning nima uchun kerakligini, qanday foydasi borligini bilasismi? Inson yaralibdiki jinsiy hayot bilan yashaydi. Jinsiy aloqa asosan fardazdli bo’lish uchun kerak, deydiganlar juda qattiq adashishadi. Jinsiy yaqinlik avvalambor ikki inson, ikki qalbning bir-biri bilan jismoniy vaqaysidir ma’noda ruhiy uyg’unlikdagi muloqotidir. Tasavvur qilinga, qanchadan-qancha gapni bir bo’sa orqali aytaolishingiz mumkin. Jinsiy yaqinlik tufayli olingan lazzatdan esa ayol bir necha vaqt mobaynida “Osmonda suzib” yurgandek bo’ladi. U o’zini juda baxtli sezadi. Bu esa uning tanasiga, terisiga, ko’rinishi, kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Shunday emasmi? Farzandlarim bor, hatto yaqinda nevarali ham bo’laman, menga jinsiy yaqinlikning keragi ham yo’q deydigan ayollar juda adashadilar. Olimlarning aytishlariga qaraganda, har bir insonning o’z bioenergiyasi bor ekan. Jinsiy yaqinlik vaqtid ... Читать дальше »
Просмотров: 3435 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

SAVOL: Er-xotinlikni uzviy bog‘lovchi qovushish, ya'ni jinsiy yaqinlikda qanday tibbiy hikmatlar mavjud? MUTAXASSIS JAVOBI: G'arb olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, erkaklarning uzoq umr kechirishi jinsiy hayotdan oladigan lazzatlanish miqdori bilan uzviy bog‘liq emish.. Mutaxassislar buning sababini inzol paytida qonga lazzat gormonlari - endorfinlarning ko‘proq miqdorda tushishi bilan bog‘laydilar. Boshqa jismoniy faolharakatlar kabi me'yoriy jinsiy munosabat ham ziqlikni bartaraf etib, asab-ruhiy tizim va boshqa a'zolar faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi. Albatta, ushbu o‘rinda erkak kishiningo‘z xasmi haloli-rafiqasi bilan bo‘lgan munosabatinazarda tutilmoqda. Zino esa, aksincha erlik kushandasi ekanligishubhasiz. Agar er-xotin o‘rtasidagi jinsiy munosabat ikkovlarini ham to‘laqonli qanoatlantiradigan darajada bir maromda, rejali tarzda muttasil amalga oshirilsa, uning quyidagi shifobaxsh jihatlaridan bahramand bo‘lish mumkin: 1. Jinsiy munosabat faol jismoniy harakat bo‘lganligi bois ... Читать дальше »
Просмотров: 2818 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

Ko'pchilik erkaklarga ayollarda homiladorlik va emizish bilan bogliq badanidagi o'zgarishlar yoqadi. Ular emizish jarayonini kuzatadilar, ayrimlarida esa farzandining onasiga bundan mehri ham ortishi namoyon bo'ladi. Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib ketadi. Bu munosabat, aslida kuni bilan bola bilan ovora bo'lgan onaning charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy aloqa haqida o'ylash u yoqda tursin, "tezroq bolam uxlasa-yu, men ham to'yib uxlab olsam" degan fikr ustun bo'lib qoladi. Agar er uy yumushlarini bir qismini o'ziga olib, bolani parvarish etishda xotiniga yordamini ayamasa, bundan o'zi ham yutgan bo'ladi. Ayollar esa biroz bo'lsada eriga ahamiyat berishga, o'zida, uyda romantik holatni yaratishga harakat qilmog'i lozim. Albatta yotog'ingizni hamma burchagida kir pelyonkalar va pamperslar yoyilib yotsa jinsiy aloqa uchun yetarlicha sharoit bo'lmaydi. Yana bir narsani unutmaslik kerak-ki, ayollarda emizish davrida jinsiy organlari ... Читать дальше »
Просмотров: 4528 | Добавил: Seks | Дата: 24.01.2017 | Комментарии (0)

1 2 »