Главная » 2017 » Январь » 24 » Qovushishning 10 hikmati jinsiy aloqa
04:27
Qovushishning 10 hikmati jinsiy aloqa
SAVOL: Er-xotinlikni uzviy bog‘lovchi qovushish, ya'ni jinsiy yaqinlikda qanday tibbiy hikmatlar mavjud? MUTAXASSIS JAVOBI: G'arb olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, erkaklarning uzoq umr kechirishi jinsiy hayotdan oladigan lazzatlanish miqdori bilan uzviy bog‘liq emish.. Mutaxassislar buning sababini inzol paytida qonga lazzat gormonlari - endorfinlarning ko‘proq miqdorda tushishi bilan bog‘laydilar. Boshqa jismoniy faolharakatlar kabi me'yoriy jinsiy munosabat ham ziqlikni bartaraf etib, asab-ruhiy tizim va boshqa a'zolar faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi. Albatta, ushbu o‘rinda erkak kishiningo‘z xasmi haloli-rafiqasi bilan bo‘lgan munosabatinazarda tutilmoqda. Zino esa, aksincha erlik kushandasi ekanligishubhasiz. Agar er-xotin o‘rtasidagi jinsiy munosabat ikkovlarini ham to‘laqonli qanoatlantiradigan darajada bir maromda, rejali tarzda muttasil amalga oshirilsa, uning quyidagi shifobaxsh jihatlaridan bahramand bo‘lish mumkin: 1. Jinsiy munosabat faol jismoniy harakat bo‘lganligi bois, kishi bir marotabalik intim yaqinlik davomida sportchining yarim soat shug‘ullanganiga teng miqdordagi energiyani yo‘qotadi.Bu esa, tanadagi ortiqcha yukni bartaraf etib, asr tahdidi bo‘lgan semizlikning oldini oladi. 2. Yaqinlik paytidagi tananing faol harakatlari son, dumba, bel va tos mushaklari faoliyatini keskin kuchaytirib, undagi qon aylanishi, modda almashinuvi kabi ko‘plab jarayonlarga ijobiy ta'sir etadi. 3. Jinsiy yaqinlik uchun zaruriy biofaol modda-testosteron moddasining ishlab chiqilishining kuchayishi bois, inson suyak-mushak tizimi mustahkamlanadi. 4. Boshqa jismoniy faollik talab etuvchi sport turlari kabi jinsiy munosabat ham qondagi immunoglobulin moddasi miqdorining ko‘payishiga sabab bo‘lar ekan. Shu tufayli ham bu toifa kishilarda turli yallig‘lanish kasalliklari kamroq uchrashi kuzatilar ekan. 5. Muntazam jinsiy munosabatni tark etmaslik ichki jinsiy a'zolar-prostata bezi, urug‘ pufakchalari, moyaklar kabilarda dimlanish holatining ro‘y bermasligini ta'minlaydi. Natijada, orxit, prostatit, epididimit, vezikulit kabi noxush xastaliklarning oldiniolib, bo‘lg‘usi jinsiy zaiflikka yo‘l ochilmaydi. 6. To‘laqonli jinsiy munosabat peshob qopchasi jom mushaklari mustahkamligini ta'minlaydi. Bu esa, qovuq bo‘shligi kabi noxush holatlarning oldini oladi. 7. Rejali, maromida olib borilgan jinsiy munosabat (agar o‘ta zo‘riqishga yo‘l qo‘yilmasa) yurak-qon tomir tizimiga sezilarli ijobiy ta'sir etadi. 8. Boshqa jismoniy harakatlar kabi jinsiy aloqa ham tanadagi quvvatning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu hol esa, ishtaha kuchayib, oshqozon-ichak tizimidagi hazm jarayonlarining ham me'yorlashuviga olib kelishi bilan benazirdir. 9. Muntazam tarzda, rejali jinsiy hayot kechiruvchilarda barvaqt qartayish-klimaks holatining yengil o‘tishi kuzatiladi. Goho esa,erkaklarda bu noxush davrning mutloq ro‘y bermasligi aynan jinsiy faoliyatning maromida olib borilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 10. Me'yoriy jinsiy munosabatda yashovchi er-xotinlarda o‘sma (saraton) kasalliklarining keskin kam uchrashi ko‘plab ilmiy manbalarda keltirilgan. Yuqoridagilarni keltirishdan muddao jinsiy munosabatga harismandlikni aslo rag‘batlantirish emas. Chunki, har bir insonga Janobi Haq tomonidan faqat o‘ziga xos bo‘lgan me'yor va imkon ato etilgan. Zero, jinsiy aloqaga behadruju qo‘yishning salbiy jihatlari haqida keyingi maqolalarda to‘xtalish niyatidamiz. Misol uchun, ayrim g‘arb olimlari ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning ak-sariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini iddao etishadi. Zero, aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.
Просмотров: 2273 | Добавил: Seks | Теги: Qovushishning 10 hikmati jinsiy alo | Рейтинг: 1.3/6
Всего комментариев: 0
avatar