Главная » 2017 » Апрель » 14 » Tuqqandan song
20:42
Tuqqandan song
Tuqqan ayolni 40 kun chillada saqlash kerakligi bejiz aytilmagan. Tuqqan ayolning organizmi juda zaif va ta'sirchan bo'lib qoladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq parvarishi birinchi o'rinda bo'lgani bilan, yangi tuqqan ayolga ham maxsus e'tibor talab etiladi. 1. Bola tug'ilishi jarayonida ayolning jinsiy a'zolarida yirtilish yoki kesish ro'y bergan bo'lsa, yaraning batamom bitishiga bir necha hafta talab etiladi. Amaliy yordam: Ko'proq yoting yoki maxsus o'rtasi teshik yostiqda o'tiring. Xojatga borib kuchanayotgan paytingizda yara yoki chok tushgan joyni toza latta bilan bosib ushlab turing, yirilib ketmasligini ta'minlash uchun. Chok yoki yaraga dezinfeksiyalovchi vositani qo'llang. Ichni yumshatish vositalarini shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qiling. Agar og'riq kuchayishi, chok yallig' lanishi , yoqimsiz hid chiqishi , chok va atrofida shish paydo bo 'lishi kuzatilsa, shifokorga uchrash zarur . 2. Qon ajralishi. Tug'ishdan so'ng qindan bir necha hafta davomida qon ajraladi. Qon ajralishi sekin- sekin kamayib boradi, rangi o'zgaradi. Bu davrda gigienaga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tez-tez iliq suvda yuvining. Toza tagliklardan foydalaning. Agar sizda qon ajralishi keskin ko'payib borayotgan bo'lsa yoki ajralayotgan qon hidi o'ta yoqimsiz va kuchli bo'lsa, tana haroratingiz o'shishi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur. 3. To'lg'oqlar. Tuqqandan so'ng ham ayollarda to'lg'oq lar davom etishi mumkin. Bu holat bachadonni o'z o'rniga qaytishi va undagi kerakmas ajralmalar chiqib ketishi uchun zarurdir. Bu kabi to'lg'oq lar keltiradigan og'riq odatda kuchli bo'lmaydi, aks holda shifokor og'riqni qoldiruvchi dori-vositasini tavsiya etadi. Agar qorin qismida noqulaylik sezilsa yoki onaning tana harorati ko' tarilsa , shifokorga uchrash talab etiladi . 4. Siyish muammosi. Tug'ish jarayonida yuzaga kelgan qin va uretra(siydik chiqish yo'li) atrofidagi shish tufayli siyishda qiyinchlik paydo bo'lishi mumkin. Bu holat o'z-o'zidan o'tib ketadi. Amaliy yordam: Siyishni osonlashtirish uchun, siyishga harakat qilayotganingizda jinsiy a'zolarni baklashkaga to'ldirilgan iliq suv bilan chayib turing. Siyish refleksi ishlab ketishi uchun yordam beradi. Agar sizda qiyidagi holatlar kuzatilsa, shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi: Tez-tez siydik qistashi; Siyish davomida qizish; Tez-tez, lekin kam miqdorda siyish. Tug'ishdan so'ng jinsiy a'zo mushaklarining cho'zilishi natijasida siydik bemahalda ham chiqib ketishi kuzatiladi. Bunda yo'talish, aksirish yoki kulish davomida siydik oz miqdorda ajraladi. Bu holat ham vaqt o'tib normaga keladi. Amaliy yordam: Kunda kamida 10 marta Kegel mashg'ulot larini bajaring. 5. Bavosil(gemorroy). Xojatga borish jarayonida o'g'riq yoki orqa tomonda shish sezilsa, bavosil yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Bavosil-bu orqa past tomirlarining cho'zilishi va shishidir. Amaliy yordam: Kunda 3 marta iliq suv to'ldirilgan tozda o'tiring; Qabziyat(ich qotish)ga yo'l qo'ymang; Kegel mashg'ulot larini bajaring. Bavosil kuchli og' riq va noqulaylik keltirsa , shifokor bilan maslahatlashgan holda maxsus maz yoki doridan foydalanishingiz mumkin . 6. Mayin ko'krak va sut oqishi. Tuqqandan bir necha kun o'tgan ayolning ko'kragi kattalashadi va mayinlashadi. Ko'krakni tekkanda ayolga og'riq ham berishi mumkin. Amaliy yordam: Ko'krakka iliq mayin dush suvini oqizing; Tuqqan ayollar uchun tabiiy tolalardan tayyorlangan maxsus byustgalter taqing; Ko'krakdan sut oqayotganda shimib turadigan maxsus ko'krak tagliklaridan foydalaning va ularni tez-tez almashtirib turing. Ko'krak uchun tagliklarni bu yerda sotib olishingiz mumkin>> Agar bolani emizmayotgan bo' lsangiz, u holda sut ajralishini to'xtatish uchun qattiq byustgalter taqib olish kerak . Sut ajralishini butunlay to'xtatish haqida shifokor bilan maslahatlashish zarur . 7. Soch to'kilishi va teridagi o'zgarishlar. Homiladorlik davrida gormonlar o'zgarishi natijasida to'kilishi kerak bo'lgan sochlar to'kilmay turadi. Natijada tuqqan ayolda haddan ziyod ko'p soch to'kilishi kuzatiladi. Aslida bu homiladorlik payti to'kilishga ulgurmagan sochlar, xolos. Odatda, bu jarayon 6 oyda to'xtaydi. Qorindagi tortilish izlari hech qachon yo'q bo'lmaydi. Lekin vaqt o'tgan sari ularning rangi ochlashib, bilinmay ketadi. 8. Kayfiyat o'zgarishi. Ayol uchun bola tug'ish , bu kuchli emosional stress holatidir. Tuqqan ayolning kayfiyati o'zgaruvchan bo'lishi, asabiyligi, hafagarchiligi va vohmachiligi ko'p uchraydigan holat. Ba'zi ayollarda tuqqandan so'ng depressiya ham yuzaga keladi. Amaliy yordam: Yaqinlaringizdan yordam so'rashga uyalmang; Kayfiyatingiz tug'ish natijasi ekanligi haqida yaqinlaringiz bilan gaplashing; Ko'proq dam oling. Odatda kayfiyat bilan bog'liq muammolar 1 oy ichida o'tib ketadi.
Просмотров: 5150 | Добавил: Seks | Теги: Tuqqandan song | Рейтинг: 3.4/18
Всего комментариев: 0
avatar