Главная » 2015 » Июнь » 25 » Ta'sirli hikoya
09:31
Ta'sirli hikoya
Bir ota o’z o’g’li bilan poyezdga chiqib joylashadi.Poyezd sekinlik bilan yura boshlaydi.Haligi yo’lovchining o’g’li poyezd yurishi bilan xursand bo’la boshlaydi.25 yoshli haligi yigit oyna tarafda o’tirib poyezd oynasi orqali quvonch bilan atrofni tomosha qilib ketar.Haligi ota o’g’ilning yonida boshqa yo’lovchilar ham o’z manzili tomon ketar edi.Haligi o’g’il xursand kayfiyatda qo’lini oynadan chiqarib baland ovozda otasiga otajon qarang hamma daraxtlar orta qolib ketyapti deb otasini e’tiborini torta boshladi.Ota juda xursand bo’ldi va tabassum qilib qo’ydi.Ularning yonida o’tirgan yo’lovchi 25 yoshli yigitning ko’rib huddi yosh boladek xursand bo’layotganiga hayron bo’ldi.Shunda haligi yigit to’satdan otasiga otajon qarang hayvonlar va bulutlar ham bizning ortimizdan ketyapti deb xursandchiligini baland ovozda ayta boshladi.Birozdan so’ng yomg’ir tomchilay boshladi oyna ochiq yigitning qo’li yomg’ir tomchilari ostida ketar yigit otasiga otajon qarang yomg’ir tomchilay boshladi deb xursandchiligini baland ovozda chiqara boshladi.Otasi ham yanada xursand bo’lib o’g’liga qarab tabassum qilib qo’ydi.Yana ota va bola oldida o’tirgan yo’lovchilar yigitning bunday qilayotganiga hayron bo’lib yigitning otasiga kechirasiz nega o’g’lingizni biror ruxshunosga ko’rsatmaysiz 25 yoshli insonning o’zini yosh boladek tutishi biror ruxiy kasallikdan dalolat beradi agarda meni bunday kasal farzandim bo'lsa bunday farzandning bo’lgandan bo’lmagan yaxshiroqdir! shuning uchun o’g’lingizni biror ruxshunos yoki shifokorga ko’rsatib davolashni tavsiya etgan bo’lar edim deb yo’lovchi otasiga e’tiroz bildiribdi.Shunda ota yo’lovchilarga ha albatta biz hozirgina shifokor oldidan kelyapmiz.Bilasizmi mening o’g’lim 25 yildan so’ng aynan bugundan ko’zi ko’ra boshladi deb javob beribdi.Yo 'lovchilar gapirgan gaplariga o'zlari uyalib qolishibdi.
Просмотров: 4730 | Добавил: Seks | Теги: Ta'sirli hikoya
Всего комментариев: 0
avatar